16 noy 15:08
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" futbolchisi terma jamoada jarohat oldi
"Yuventus"ning bosniyalik xavbeki Miralem Pyanich yana jarohat oldi.
Miralem Pyanich Evro-2020 saralashi doirasidagi Italiya (0:3)ga qarshi o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi va almashtirildi.
Futbolchi maydondan sonining orqa qismini ushlagan holda chiqib ketdi. Eslatib o'tamiz, yarim himoya bu mavsumda mushaklari bilan bog'liq muammoga birinchi marotaba duch kelmayapti.
Xavbek joriy mavsum A Seriyada 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar