20 apr 11:19
Yangiliklar
Futbol

“Yuventus” Isko uchun katta mablag' taklif qildi
Isko yozda “Real”ni tark etib, Turinga yo'l olishi mumkin.
Madrid klubi ayni damda Kristian Eriksen va Eden Azarni jamoaga olib kelish uchun harakat qilmoqda. Agar ular jamoaga keladigan bo'lsa, Isko 2019 yil yozidayoq jamoani tark etishi mumkin. “Yuventus” esa ushbu vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.
Turin klubi futbolchi uchun 80-85 mln evro miqdorida mablag' sarflashga tayyor. Isko joriy mavsum La Ligada 3 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.
Havola :
Fikrlar