12 jan 10:49
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" "Manchester Yunayted"ga taklif bilan chiqdi
Pol Pogbaning "Yuventus"ga qaytishi borasida mish-mishlar ancha tinchib qolgandi.
Biroq "Tuttosport" ushbu mavzuni yana trendga ko'tardi. Ushbu manbaning xabariga ko'ra, "Yuventus" "Yunayted"ga futbolchi almashishni taklif qilgan: Pogba o'rniga Duglas Kosta.
Kostaning xizmatlariga MYU qiziqish bildirayotgani hech kimga sir emas. Biroq Pogbaning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, uning sobiq jamoasiga qaytish ehtimoli juda kam.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar