05 okt 16:49
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" maydonga tushmay maosh olayotgan yulduzdan qutilmoqchi
Franciyalik futbolchi Pol Pogba endi "Yuventus"da o'ynamasa kerak.
Yarim himoyachining doping sabab olgan diskvalifikaciyasi qisqartirilgan va u 2025 yilning martida maydonga qaytishi mumkinligi elon qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, tomonlar har qanday vaziyatda ham shartnomani bekor qilishmoqchi. Bu franciyalikka istagan klubiga erkin agent sifatida o'tishga va klubga xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi.
Pogba yiliga 10 mln. evro maosh oladi (faqatgina Dushan Vlaxovich jamoada shunda maoshga ega). Doping bilan qo'lga tushgan Pogba shu yilning fevralida 4 yilga futboldan chetlatilgandi.
Havola :
Fikrlar