29 avg 16:40
Yangiliklar
Futbol

"Yuventus" MYUdan o'zib ketdi
Turinning "Yuventus" klubi "Instagram" ijtimoy tarmog'ida "Manchester Yunayted"dan o'zib ketdi.
2018 yil iyul oyida "keksa sinora"ning obunachilari soni 10 millionni tashkil qilayotgan edi. Bu ko'rsatkich hozirga kelib 31,1 million (!)ga etdi.
SHunday qilib, MYU 31 million "follover"lari bilan umumiy reytingda 4-o'ringa tushib ketdi.
Bunga sabab shubhasiz 181 million obunachiga ega Krishtianu Ronalduning "Yuve"ga o'tishidir.
Hozirda umumiy reytingni "Real" hamda "Barselona" klublari boshqarmoqda. "Qirollik klubi"ni 76,6 mln odam kuzatib borsa, "ko'k-anorranglilar"da bu ko'rsatkich 76,1 millionga teng.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar