12 apr 07:25
Yangiliklar

“Yuventus” Turinda “Barselona”ni yirik hisobda mag'lub etdi
Turinda o'tgan “Yuventus”- “Barselona” bahsida maydon egalari yirik hisobdagi g'alabani tantana qilishdi. Uchrashuvning 22-daqiqasiga kelib Dibala ikki bor Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo'lim boshida burchakdan uzatilgan to'pni Kellini boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0. "Barselona" xuddi PSJ bilan o'yinda bo'lgani kabi ilk uchrashuvda yana yirik hisobda yutqazdi.
ECHL, 1/4 final. Birinchi uchrashuv.
“Yuventus” Italiya – “Barselona” Ispaniya 3:0
Gollar:1:0 – 7 Dibala, 2:0 – 22 Dibala, 3:0 – 55 Kellini.
“Yuventus” – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kellini, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Lemina, 73), Manjukich, Dibala (Rinkon, 81), Iguain.
“Barselona” – ter Stegen, Pike, Umtiti, Mate (Andre Gomesh, 46), Maskerano, Inesta, Rakitich, Serji Roberto, Neymar, Suares, Messi.
Ogohlantirish: Dani Alves (28), Suares (53), Inesta (57), Mandjukich (63), Xedira (74).
Fikrlar