06 sen 20:43
Yangiliklar
Boshqalar

Zafarbek “Baykal kubogi”ni qo'lga kiritdi
Rossiya Federaciyasining Irkutsk shahrida jangovar sambo bo'yicha halqaro “Baykal kubogi” bo'lib o'tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada 16 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
“Mehnat” sport saroyida bo'lib o'tgan nufuzli turnirda Belarus, Germaniya, Isroil, Qozog'iston, Kanada, Qirg'iziston, Mo'g'uliston, Niger, Rossiya, Tojikiston, O'zbekiston, Filippin, Franciya, Xorvatiya, CHexiya va Janubiy Koreyaning eng kuchli sambochilari jam bo'ldi.
Quvonarlisi, yurtimiz sharafini himoya qilgan xorazmlik sportchi Zafarbek Allaberganov 68 kg vazn toifasida Germaniya, Janubiy Koreya, Isroil va finalda mezbon rossiyalik sportchilarni mag'lub etib, yakunda musobaqaning oltin medali sohibi bo'ldi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar