So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

28 iyu 12:16
Yangiliklar

Dzyudo

Zagreb Gran-prisi. Dzyudochilarimizning omadsiz starti

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlandi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etishyapti. Gran-prining birinchi kuni -60 kg vazn toifasidagi vakilimiz Diyorbek O'rozboev ilk bahsidayoq slovakiyalik Matyaj Trbovichga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mazkur vaznda yaponiyalik Naoxisa Takato g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. 

-66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz SHahram Ahadov uchinchi uchrashuvida yutqazdi. U avvaliga Saudiya Arabistoni vakili Abdulaziz Albashini, keyin belaruslik Dmitriy Minkouni taslim etdi. Ammo, uchinchi bosqichda rossiyalik Aram Grigoryanga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. 

Aynan shu vaznda ishtirok etgan yana bir polvonimiz Sardor Nurullaev esa ikkinchi davrada yutqazdi. U Bosniya va Gercegoviniya vakili Petar Zadrodan ustun keldi, ammo qozog'istonlik Gumar Kirgizbaevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu vaznda isroillik Tal Flikker chempion bo'ldi. 

Bugun G'iyosjon Boboev, Hikmatilloh To'raev (ikkisi ham -73 kg vaznda),  SHarofiddin Boltaboev (-81 kg), Davlat Bobonov, SHahzodbek Sobirov (ikkisi ham -90 kg) o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing