29 iyu 10:46
Yangiliklar
Zagreb Gran-prisi. Dzyudochilarimizning omadsiz yurishi davom etadi
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etishyapti. -73 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz G'iyosjon Boboev ilk uchrashuvidayoq ukrainalik Artyom Xomulaga yutqazib qo'ydi. Ushbu vazndagi ikkinchi vakilimiz Hikmatilloh To'raev esa avvaliga gollandiyalik Sem Van Vestendeni, keyin turkiyalik Murat Bektashni mag'lub etdi. Lekin uchinchi bosqichda shveciyalik Tommi Makyasga imkoniyatni boy berdi.
-81 kg vazn toifasidagi polvonimiz SHarofiddin Boltaboev ilk davrada tojikistonlik Akmal Murodovni engdi. Ikkinchi bosqichda raqibi bo'lmagani uchun kurashsiz keyingi davraga chiqdi. Ammo, keyin greciyalik Aleksios Ntanatsidisga yutqazib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Gran-prining birinchi kuni -60 kg vazn toifasidagi vakilimiz Diyorbek O'rozboev ilk bahsidayoq slovakiyalik Matyaj Trbovichga, -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz SHahram Ahadov uchinchi uchrashuvida rossiyalik Aram Grigoryanga, shu vaznda ishtirok etgan Sardor Nurullaev esa qozog'istonlik Gumar Kirgizbaevga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Fikrlar