07 avg 10:48
Yangiliklar
Futbol
Zair-Emri PSJda rekord qo'ydi
Franciya chempionati ilk turida PSJ 5:0 hisobida “Klermon”ni tor-mor etdi.
82-daqiqada parijliklar ustozi Kristof Galte Marko Veratti o'rniga zaxiradan Varren Zair-Emrini maydonga tushirdi. Bu francuz uchun debyut bo'ldi va Zair-Emri PSJ safida o'ynagan eng yosh futbolchiga aylandi – 16 yosh, 151 kunlik.
Eslatib o'tamiz, mazkur futbolchi yarim himoyachi sifatida o'ynaydi va joriy yil 17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'olib bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar