10 mar 17:50
Yangiliklar
Zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi poytaxtimizga qaytib keldi
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Belarusdagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yakunlab, poytaxtimizga qaytib keldi.
15 fevraldan 9 martga qadar davom etgan mashg'ulotlar murabbiylar shtabining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejasi asosida o'tkazildi.
Minsk shahri mezbonlik qilgan yig'inda hamyurtlarimiz Belarus termasi vakillari bilan birga mashg'ulot qilib, mahoratlarini yanada oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Bosh murabbiy Vadim CHudnovskiy mazkur yig'in orqali sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini maromiga etkazdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar