03 apr 08:26
Yangiliklar
Zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qirg'izistonga jo'nab ketdi
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Qirg'izistonga yo'l oldi.
Issiqko'l shahrida tashkil etiladigan mashg'ulotlar 22 aprelga qadar davom etadi. Yig'in xalqaro maqomda o'tib, unda Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Belarus terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, bu orqali terma jamoa murabbiylar shtabi Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari uchun tayyorlanayotgan tarkibni yana bir karra ko'zdan kechirib oladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar