26 mar 07:36
Yangiliklar
Boshqalar
Zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoamiz xorijda yig'in olib bormoqda
2019 yil Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa o'tkazilgan bo'lib, unda ikki nafar vakilimiz Aleksandr Savkin hamda Alise Faxrutdinova Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.
Biroq Xalqaro Olimpiya qo'mitasining qarori bilan Tokio Olimpiadasi bir yilga surildi. Ammo bu hol Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rayotgan atletlarimizga tasir o'tkazgani yo'q. Ayni paytda har ikki sportchimiz Rossiya Federaciyasining Novogorsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda.
Mashg'ulot uchun ushbu hududning tanlanishi esa shahardagi sport bazasining aynan zamonaviy beshkurash sportiga ixtisoslashgani, u erdagi mashg'ulotlarning qattiq karantin rejimida olib borilishi bilan bog'liqdir. Mashg'ulotlar jamoamiz murabbiyi Evdokiya Grechishnikova boshchiligida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar