09 iyu 17:02
Yangiliklar
Zamonaviy beshkurash
Zamonaviy beshkurashchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi
Xitoyning CHjenchjou shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha jahon chempionati start oldi.
Musobaqani erkaklar va ayollar o'rtasidagi jamoaviy estafeta dasturi boshlab berdi.
Malum qilganimizdek, dunyo birinchiligida Alise Faxrutdinova hamda Samira Abzalova yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Bugun qilichbozlik bo'yicha bahslar o'tkazilib, qizlarimiz 215 ochko jamg'arishga erishishdi.
Ushbu natija orqali ular Misr, Janubiy Koreya, Xitoy va Gvatemala jamoalaridan keyin beshinchi o'rinda ketishmoqda. Ertaga qolgan yo'nalishlardagi bellashuvlar o'tkazilgach, g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar