11 fev 20:36
Yangiliklar
Futbol

“Zenit” va O'zbekiston MTJ o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi yopiq rejimda o'tadi
“Zenit”ning Dubaydagi so'nggi kunida o'zgarish yuz berdi.
Peterburgliklar murabbiylar shtabi 12 fevralga belgilangan “Pyunik” (Armaniston) bilan uchrashuvni bekor qilishga qaror qildi.
Avval xabar berganimizdek, “Zenit” ertaga O'zbekiston MTJga qarshi maydonga tushadi. "Zenit" rasmiy sayti yozishicha, mazkur bahs yopiq rejimda bo'lib o'tadi, yani, OAV vakillari kiritilmaydi.
Eslatib o'tamiz, “Zenit” – O'zbekiston MTJ uchrashuvi 12 fevral kuni Dubay shahrida joylashgan NAS sport majmuasida Toshkent vaqti bilan soat 11.30 da start oladi.
Havola :
Manba : fc-zenit.ru
Fikrlar