So’nggi yangiliklar

12:44Халқаро турнир. Бутун Турон ховосликларга ҳавас ила боқди 0 12:23"Барселона"га қарши ўйинда қизил карточка олган "Реал" футболчиларининг тақдири маълум 0 12:02Махачев чемпионлик камарини бўшатиб қўйиши керак — Оливейра 0 11:41Mutua Madrid Open. Дунёнинг биринчи ракеткаси 1/4 финалда! 0 11:20Ана холос! Покистонда ўтказилиши керак бўлган CАVА мусобақаси мезбонлиги сиёсий сабаб Ўзбекистонга берилди 0 10:59Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин. Нега? 0 10:38Александр Усик боксчилик фаолиятини якунлайдими? 0 10:17Андижон вилояти ҳокими янги ташкил этилган халқаро спорт федерацияси раҳбарига айланди 0 09:56Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатига жўнатиб кетишди 0 09:35Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади. "Навбаҳор" Тошкентда меҳмон бўлади 0 09:14Ҳумоюн Султонов 16 та эйс "қурбони" бўлди 0 08:53Даниэль Дюбуа: "Усикни ухлатишни интиқсизлик билан кутяпман" 0 08:32Бектемир Мелиқўзиев иштирокидаги WBA Элиминатор жанги учун расмий промо-ролик намойиш этилди (ВИДЕО) 0 08:11"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди! 0 07:50Сэндхаген Фигейредога қарши! Шу ҳафта ўтказиладиган UFC on ESPN 67 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0

21 may 07:20
Yangiliklar

Futbol

Zidan, CHex va "Manchester Yunayted" qo'lga kirita olmagan mashhurlar

Etiboringizga Fergyuson jamoasida to'p tepa olmagan futbolchilar ramziy termasini taqdim etamiz.

Yaqin o'tmishda, ser Aleks Fergyuson qo'l ostidagi "Manchester Yunayted" – afsonaviy jamoaga aylana olgan. Ushbu murabbiy qo'l ostida ko'plab yulduzlar to'p tepishgan. Biroq ular yanada ko'p bo'lishi mumkin edi. 

Aleks Fergyuson qo'l ostida MYU 38ta sovrin qo'lga kiritgan. O'sha vaqtlar hamma "Yunayted"da o'ynashni orzu qilar, hech bir futbolchi unga rad javobini bera olmaydigandek edi. Lekin "qizil iblislar"ga yo'q deya olganlar ham topilgan. Fergyuson ularni jamoasiga olib kelishni istagan, lekin qaysidir pallada ishlar rejadagidek ketmagan.


Darvozabon – Petr CHex

"CHelsi" afsonasiga aylanishdan avval CHex "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi. 19 yoshli chexiyalik darvozabon "Renn" safida to'p tepar va "razvedkaga" Fergyusonning o'zi yo'l oladi. Biroq aynan ser Aleks tribunadan tomosha qilgan o'yinda CHex qo'pol xatoga yo'l qo'yadi. Keyinroq murabbiy o'shanda darvozabonni hali yosh deb hisoblagani va shu sabab jamoasiga taklif qilmaganini aytadi.


O'ng qanot himoyachisi – Filipp Lam


"Bavariya" sobiq bosh murabbiyi yordamchisi Xermann Gerland o'z vaqtida Fergyuson germaniyalik futbolchini Myunxendan "Old Trafford"ga olib ketishni juda istaganini aytib bergan. Uning so'zlariga ko'ra, transfer deyarli amalga oshgandi. Gerlandning aytishicha, ser Aleks ECHL doirasida "SHtutgart"ga qarshi uchrashuvda ijarada to'p tepayotgan Lamning harakatlaridan hayratga tushadi. Biroq Fergyuson yana himoyachini yosh deb hisobladimi yoki bunga "Bavariya" qarshilik ko'rsatganmi, Filipp APLga yo'l olmadi.


Markaziy himoyachi – Vensan Kompani


Belgiyalik keyinroq Manchesterda o'ynadi, lekin "Siti" sharafini himoya qildi. Aynan Vensan "shaharliklar"ning arab shayxlari kelishigacha bo'lgan davrda, oxirgi transferi bo'lgan. Bu holat Vensan "Siti" afsonasiga aylanishiga halaqit qilmadi. 2004 yil esa "Anderlext"da to'p tepayotgan himoyachi MYUga o'tishi mumkin edi. Ser Aleks 18 yoshli Kompani nomzodini o'rganib chiqqan, lekin transferni amalga oshirishga jazm qilmaydi. 2006 yil esa Vensan "Gamburg"ga, yana ikki yil o'tib "Siti"ga o'tadi.


Markaziy himoyachi – Paolo Maldini


Aleks Fergyuson o'zi "Milan"dan afsonaviy himoyachini olib ketishni istagani, ammo bunga uning otasi Paolo CHezare qarshilik qilganini aytib bergan.

"CHezare shunday dedi: "Mening bobom "milanchi" bo'lgan, otam – "milanchi", men – "milanchi", o'g'lim ham – "milanchi". Bu haqida unuting". Men harakat qildim, lekin Paolo so'zida qatiy turardi. Men shunchaki quruq qo'l bilan qoldim. Qo'limdan hech nima kelmasdi", — eslaydi Fergyuson. Keyin ser Aleks bu mavzuga boshqa qaytmagan.


CHap qanot himoyachisi – Biksan Lizarazyu

O'z davrida Lizarazyu dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi edi. Tabiiyki, Fergyuson uni o'z jamoasida ko'rishni, futbolchini qo'lga kiritishni istardi, lekin Biksan shundoq ham "Bavariya"da o'ynardi. Jamoani katta pul bilan aldab bo'lmasdi. SHu sabab nemislar shunchaki rad javobini berishdi. Lizarazyuning o'zi bu voqealar 2001 yil yoki 2002 yil bo'lganini aytgandi.


Markaziy yarim himoyachi – Pol Gaskoyn

Bu uzoq 1987 yilda bo'lib o'tgan, Fergyuson qo'l ostidagi "Manchester" elitani tark etishga yaqin turgan "Nyukasl"ga qarshi o'ynagan davrlar edi. Ser Aleks o'sha o'yinni xotirlab, 20 yoshli Gaskoyn o'z jamoasi yarim himoyasini "er bilan bitta qilib tashalaganini" aytadi. Fergyuson shu ondayoq Gaskoynni qo'lga kiritishni istashini bildiradi, lekin kech qoladi – MYU bosslari murabbiyga "Tottenxem" chaqqonroq chiqqani va Gaskoynni ota-onasiga uy olib berish yo'li bilan ko'ndirishganini malum qiladi.


Markaziy yarim himoyachisi – Zinedin Zidan

Afsonaviy franciyalik futbolchi ham MYUda to'p tepishi mumkin edi, agar boshqa bir francuz bo'lmaganda. "Yunayted" skauti Fergyusonga "Bordo"dagi Zidan haqida aytadi. Lekin ser Aleks Zidanning transferi o'zi juda ishongan Erik Kantona obro'siga salbiy tasir qilishini o'ylaydi. SHu sabab Fergyuson Zidan iqtidorini tushunib tursa-da, ushbu transferni maqullamaydi.


O'ng qanot yarim himoyachisi – Aren Robben

"CHelsi", "Real" va "Bavariya"da o'ynagan, ko'plab himoyachilarning qo'rqinchli tushiga aylangan gollandiyalik ham bu ro'yxatimizdan joy oldi. "Manchester Yunayted" haqida Robbenning o'zi 2018 yil aytib bergandi. Fergyuson uni Manchesterda kechki ovqatga taklif qilgan, klub qarorgohini ko'rsatgan. Lekin Robben PSVga qaytganida, "Yunayted"dan hech qanday aniq taklif tushmaydi. Vaziyatdan "CHelsi" foydalanib qoladi. Aren taxmin qilishicha, londonliklar shunchaki ko'proq pul taklif qilgan. SHu tariqa, u "CHelsi"ga o'tadi va bu haqida hech qachon afsuslanmagan.


CHap qanot yarim himoyachisi – Ronaldino

Braziliyalik afsungar MYUga o'tishi mumkinligi haqida esa Pol Skoulz aytib bergan. Uning aytishicha 2003 yil Ronaldino "Yunayted"ga o'tishga juda yaqin kelgan, klubdagilar uni kutishayotgandi, lekin uning o'zi "Barselona" variantini maqul ko'rgan. Ronaldino Skoulz so'zlarini tasdiqlagan, PSJ sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli futbolchi 48 soat ichida MYUga transferini rasmiylashtirishi kerak bo'lgan, lekin shu pallada unga "Barselona"dan qo'ng'iroq qilishadi. Keyin nimalar bo'lganini hammamiz yaxshi bilamiz.


Hujumkor yarim himoyachi – David Silva


 

Manchesterda, faqat shaharning boshqa klubida o'ynagan Kompani bilan bir qatordagi yana bir futbolchi. "Qizil iblislar"ning afsonasi bo'lish uning peshonasiga yozilmagan ekan. Fergyusonning o'zi skautlari bilan Silvani uzoq vaqt, David "Valensiya" tarkibida o'ynab yurgan kezlari, kuzatganini tan olgan. Lekin ser Aleksni shubhalar qiynardi. Sababi u iqtidorli Silva qo'lga kiritilgan taqdirda, jamoa taktikasini unga moslashtirish zarurligini bilardi. O'sha vaqtga kelib esa MYU malum bir usulda harakat qila boshlagandi. Natijada, ispaniyalikdan voz kechilgan. Biroq keyinchalik u baribir APLga, Manchesterga keladi va muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.


Hujumchi – Alan SHirer

Angliyalik afsonaviy to'purar "Blekbern"da o'ynayotganidayoq ser Aleks etiboriga tushgan va ular o'zaro suhbatlashishgan ham. SHirer MYUda o'ynash niyati borligini aytgan. Biroq kelishuv amalga oshmagan. CHunki "Blekbern"ning sobiq egasi Jek Uoker bu transferni "bloklab" qo'yadi. U "Manchester Yunayted"ni "alohida etibor" bilan yomon ko'rgan va SHirerni ularga berishni xohlamagan. Alan uchun esa Uoker xuddi otasidek, o'zidan kattaroq yaqin do'stidek edi. SHu sababli, SHirer uni xafa qilishni istamagan. Natijada, SHirer "Nyukasl"ga o'tadi va keyinchalik o'sha klubda afsonaga aylanadi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing