16 apr 09:49
Yangiliklar
Zidan “Real”ning navbatdagi “qoqilishi”dan so'ng nimalar dedi?
“Birinchi bo'lim menga yoqmadi. Ikkinchi bo'lim esa biroz yaxshi o'tdi, biz mag'lubiyatdan chiqib keta oldik. Bizning yaxshiroq o'ynay olishimiz haqida ortiqcha gapirish yaramaydi. Taassurotlar juda yaxshimas, ammo o'ta yomon ham emas. Negaki biz hisobni tenglashtirdik.
“Leganes” esa o'z maydonida ko'p ham gol o'tkazmaydi. Biz bu mavsumda hech narsa yutib bo'lmasligini bilamiz. SHunday ekan, oldinda 6 ta o'yin qoldi, ularda yaxshiroq ishtirok etish lozim. Kelasi mavsumda biz aniq yaxshiroq o'ynaymiz.
Ammo biz buni hozirdanoq amalga oshirishni istaymiz. Agar gollarini hisobga olsak, Benzema yaxshi mavsum o'tkazmoqda. Uning gollari “Real”ga foyda keltirmoqda. U fantastic o'yinchi”, - dedi Zidan.
Fikrlar