17 avg 10:55
Yangiliklar
Futbol

Zidan sovrin yutish bo'yicha uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi
Xabar berganimizdek, Madridning Real klubi Ispaniya Superkubogida Barselonadan ikkinchi o'yinda ham ustun keldi (3:1, 2:0).
Bu Zinedin Zidanning Madrid klubi bosh murabbiyiligidagi 7-sovrin bo'ldi. U Visente Del Boskega sovrinlar yutish borasida etib oldi.
Bunga qadar Zidan ikki bor ECHLda va Evropa Superkubogini, bir martadan klublar o'rtasidagi JCH va La Ligada g'olib chiqqandi. Bu borada peshqadam Migel Munos – 14 sovrin, Luis Molovni hisobida 8ta sovrin bor.
Havola :
Fikrlar