06 iyu 13:24
Yangiliklar
Futbol

Zinchenko "Sautgempton"ga qarshi o'yindagi xatosi uchun kechirim so'radi
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko APL 33-tur doirasidagi "Sautgempton" (0:1)ga qarshi o'yinda yo'l qo'ygan xatosi uchun kechirim so'radi.
"Butun jamoada va klub muxlislaridan uzr so'ramoqchiman. Bunday xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi", - deb yozgan 23 yoshli ukrainalik futbolchi o'zining "instagram" sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, o'yindagi hal qiluvchi gol Zinchenkoning xatosidan so'ng urildi. Aleksandr to'pni maydon markazida yo'qotdi, shundan so'ng raqib o'yinchisi to'pni manchesterliklar darvozasiga aniq yo'lladi.
Zinchenko joriy mvsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Manba : instagram.com/zinchenko_96
Fikrlar