19 dek 11:10
Yangiliklar
Futbol

Zinedin Zidan: “2016 yil “Real” uchun qoyilmaqom o'tdi”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida “Kashima Antlers” mag'lub etilgach (4:2), o'z fikrni bildirdi.
“2016 yil barcha uchun qoyilmaqom bo'ldi: jamoa uchun ham, futbolchilar uchun ham. Qilingan mehnatlardan xursandman. G'alaba qozonish uchun qiyinchiliklarni ortda qoldirishga to'g'ri keldi.
Asosiysi, jamoa hech qachon taslim bo'lmaydi, bugun ham buni isbotlay oldik. Mavsum hali uzoq davom etadi. O'z oilamiz bilan dam olish uchun biroz vaqtimiz bor. Umid qilamanki, yangi yilda ham shunday davom etamiz.
Finaldagi raqibimiz meni juda xayron qoldirdi: ularning harakatlari va kurashlari ajoyib chiqdi. Bu jamoadan bazi futbolchilar Ispaniya chempionatida ham o'ynay olishadi. Jamoamiz qobiliyatli”, – dedi Zidan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar