12 apr 06:42
Yangiliklar
Futbol
Zinedin Zidan: "Penalti bo'lgan vaziyatni ko'rmay qoldim"
Madridning "Real" klubi ECHL 1/4 javob uchrashuvida Turinning "Yuventus" jamoasini qabul qildi va ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O'yinda "Yuventus" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu bahsdan so'ng "Real Madrid" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alabadan juda ham xursandman, "Real" 180 daqiqa bemalol o'ynay oladi. Biz bugun gol urish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik. Menga penalti belgilanganini aytishdi. Lekin, o'sha vaziyatni ko'rmay qoldim", - deydi "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan.
Havola :
Fikrlar