So’nggi yangiliklar

19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0 13:26"UFC доғистонликлар билан бошқа шартнома имзоламаяпти деб эшитдим" - собиқ чемпион 0 12:41Here WE Go. "Реал" навбатдаги трансферни ҳал қилди 0 12:16WBC Усикнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши кераклигини маълум қилди 0 10:59Велоспорт бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси жиддий автофалокатга учради 0 10:07Отабек Холматовнинг WBC рейтингидаги ўрни янгиланди 0

25 iyu 18:45
Yangiliklar

Kamondan otish, Parij-2024

Ziyodaxon Abdusattorova: "Medal uchun tish-tirnog'imiz bilan kurashamiz"

Kamonchi Ziyodaxon Abdusattorova Parij Olimpiadasi saralashidagi chiqishidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hissiyotlar juda ham hayajonli. Musobaqa ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Keyingi bosqichlarda ham yaxshi natijalar ko'rsatishga qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. Aslini olib qaraganda, kamondan otish bo'yicha mustaqallik yillaridan keyin ilk bor yo'llanma qo'lga kiritildi. Bu juda ham uzoq kutilgan edi. Tokiodagi musobaqada ishtirok etishimiz uchun ozgina ballar etmay qolgan edi. Bu erda faqatgina eng kuchlilar yig'ilgan. Hamma oltin medal uchun kelgan. Biz ham qo'limizdan kelganicha, tish-tirnog'imiz bilan kurashamiz", dedi Abdusattorova.

U bugun bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi saralash bahsida 649 ochko bilan 34-natijani qayd etgan edi. Endilikda sportchimiz 31 iyul kuni 1/32 final bahsini o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing