11 mar 00:14
Yangiliklar
Futbol

Zlatan "Milan" bilan hamkorlikni davom ettiradi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich mazkur hafta yakuniga qadar klub bosh direktori Ivan Gazidis bilan uchrashadi.
"La Gazzetta dello Sport" nashri jurnalisti Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar o'zaro hamkorlikni davom ettirish masalalarini muhokama qilishadi. Bu uchrashuv o'tkazilishini 38 yoshli shveciyalik futbolchining o'zi talab qilgan.
Avvalroq "Milan" ECHLning kelasi mavsumiga yo'llanmani qo'lga kiritsa, Zlatan bilan bitim avtomatik ravishda uzaytirilishi haqida malum qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar