So’nggi yangiliklar

19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0 18:09Отабек Умаров ва Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгаши Ижроия қўмитасининг 109-йиғилишида иштирок этди 0 17:48Расман! UFC Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги турнирни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 17:27"Барселона" вингери кейинги мавсумни ижарада ўтказади 0 17:06Оқ уйдаги UFC турнири учун хавфсизликни баҳолашнинг энг юқори даражаси ўрнатилади 0 16:45Кроуфорд Мадримовнинг Канело билан эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:23Жаҳонгир Зокиров Жаҳон кубогидаги юришини бошлайди 0 16:02МЮ Каземирога "Реал"дан ўринбосар топди 0 15:41ATP рейтинги. Наҳотки!? Фомин 24, Султонов 65 поғонага юқорилади 0 15:20"Менда доғистонликлар билан муаммо йўқ, фақат Нурмагомедов..." - Двалишвили 0 14:59О’Мэлли жанги даъвогарлик мақомида бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 14:38"Ньюкасл" ўз етакчиси учун "Бавария"дан 75 миллион фунт сўрамоқда 0 14:17Фомин Shymkent Challenger турниридаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 13:56Маҳмуд Мурадов ўзига янги қимматбаҳо автомобил харид қилди (ФОТО) 0

29 okt 14:42
Yangiliklar

Zuhra Umrzoqova – milliy sportimizni dunyoga tanitayotgan qiz

Mamlakatimizda xotin-qizlar o'rtasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan etibor samarasida xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda muntazam g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olayotgan sportchi qizlarimiz safi tobora kengayib bormoqda.

O'zbek jang sanati bilan shug'ullanayotgan o'g'il-qizlar orasida mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, milliy sportimizni dunyoga tanitayotgan Zuhra Umrzoqovaning yutuqlariga tengdoshlari havas qiladi. 

Toshkent pedagogika kolleji o'quvchisi Zuhra o'n yoshidan CHilonzor tumanida joylashgan 126-umumtalim maktabining o'zbek jang sanati sport to'garagida Bekzod To'xtasinov qo'l ostida shug'ullana boshlagan. 

– Unda dastlabki kunlardanoq o'ziga xos harakatchanlik, g'alabaga bo'lgan intilishni sezganman, – deydi B.To'xtasinov. – U har bir mashqni to'la o'zlashtirmaguncha tinib-tinchimaydi, uni bexato bajarishga harakat qiladi. 

Z.Umrzoqova tuman va shahar miqyosidagi musobaqalarda toblanib, 2011 yil mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi va birinchi darajali qora belbog' sohibasiga aylandi. 

U 2013 yili Janubiy Koreyada o'tkazilgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida bronza medalni qo'lga kiritdi. O'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'ygan Zuhra 2015 yilda mazkur musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi. 

SHuningdek, u o'tgan yili Rossiya, Portugaliya, Italiya va Qozog'istonda o'tkazilgan nufuzli musobaqalarda shohsupaga ko'tarildi. Joriy yilgi sport mavsumida mamlakat birinchiligida g'olib chiqib, Janubiy Koreyada o'tkazilgan Butunjahon yakkakurashlar festivalida yana oltin medalni qo'lga kiritdi. 

– Mamlakatimizda biz, yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishimiz uchun barcha imkoniyat yaratilgan. O'zbek jang sanati bilan shug'ullanish menga katta zavq bag'ishlaydi, – deydi Zuhra. – Mazkur sport turi orqali biz ko'plab chet davlatlarda Vatanimiz madaniyatini, sportini namoyish etishdek baxtga muyassar bo'layotganimizdan baxtiyormiz. 

– Qizim sport bilan shug'ullanganidan xursandman, – deydi uning onasi Mukarram Umrzoqova. – Musobaqalarda g'alaba qozonayotganidan faxrlanaman, ko'zlarimda quvonch yoshlari qalqiydi. Uning mana shunday katta natijalarga erishayotgani mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak etibor natijasidir. 

Barkamol yosh avlodni tarbiyalash, noyob istedod va qobiliyat egalarini munosib rag'batlantirish yuzasidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik yuksak samaralar bermoqda. Yigit-qizlarni ulkan marralar sari chorlab, yurtimiz shonu shavkatini dunyoga tarannum etishdek ulug' maqsadlar sari etaklayotir. Buni Zuhra Umrzoqova kabi yoshlar o'qishda va sportda erishayotgan yuqori natijalar yaqqol tasdiqlaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing