So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

30 mar 07:22
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiq shahar hokimi “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Mukofotni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Mahmudjon Boltaboev topshirdi.

Mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi, hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo'shgan munosib hissasi uchun hamda CHirchiq shahrida ommaviy sport targ'iboti, uning jismoniy va manaviy barkamollikning asosi ekanini targ'ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish borasidagi mehnati, malakali kadrlarni tayyorlashdagi jonbozligi uchun CHirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov “Jismoniy tarbiya va sport alochisi“ ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Mahmudjon Boltaboev topshirdi.  

Takidlash joiz, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 332-sonli qaroriga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni tasis etilgan bo'lib, ko'krak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o'yinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo'shib kelayotgan soha vakillari taqdirlanishadi.

SHuningdek, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi Toshkent viloyati bo'limi (raisi J. Sadullaev) tomonidan ham Toshkent viloyatida, xususan, CHirchiq shahrida qilichbozlik sport turini rivojlantirishga qo'shgan hissalari uchun CHirchiq shahar hokimligi alohida tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ushbu tashakkurnomani CHirchiq shahar hokimi S. Yusupovga xalqaro toifadagi (United Word Wrestling) hakam Ravshan Dastirov topshirdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing