So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

03 noy 15:23
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiqda besh tashabbus doirasida tadbir o'tkazildi FOTOGALEREYA

CHirchiq shahar kasb-hunar maktabida beshta muhim tashabbus doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida “Farzandlari sog'lom yurt qudratli bulur” shiori ostida sport tadbirilari tashkil etildi.

O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi tashabbusi bilan hamda Toshkent viloyati kasbiy talimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, CHirchiq shahar hokimligi, CHirchiq shahar sektor rahbarlari, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, O'zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati kengashi, Xalq deputatlari CHirchiq shahar kengashi deputatlari hamkoriligida bo'lib o'tgan sport tadbirda dastlab, belgilangan dasturga muvofiq, dastlab, ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

SHundan so'ng sportning stritbol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka turlari bo'yicha bellashuvlarga start berildi.

Murosasiz o'tgan bellashuvlar yakunida har bir sport turidan g'oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

SHuningdek, tadbir davomida 5 ta muhim tashabbus doirasidagi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanat turlariga qiziqtirish, aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samaralari foydalanishni tashkil etish, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, xotin-qizlarni ish bilan taminlash masalalari bo'yicha ham alohida  ko'rgazmali chiqishlar, ochiq darslar namoyish etildi.

Tadbir so'nggida ishtirokchilar kasb-hunar maktabi jamoasiga munosib tayyorgarlik ishlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing