So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

20 okt 10:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Endilikda nogironlar o'rtasida ham kriket rivojlanadi

Teglar :  Kriket
O'zbekiston kriket federaciyasida O'zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Bundan ko'zlangan maqsad mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kriket sport turini keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviyligini taminlashdan iborat.

Ushbu Memorandum O'zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruv raisi Komil Abdullaev hamda O'zbekiston kriket federaciyasi (raisi Aziz Mixliev) bosh kotibi Jahongir Murodov o'rtasida imzolandi. 

Kelishuvga muvofiq, endi har ikkala tomon birgalikda imkoniyati cheklangan yosh avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni hamda rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, nogironligi bo'lgan shaxslarda ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini taminlashda hamda jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayonini kuchaytirishda ularning ishtirokini kengaytirish sohalarida yaqindan hamkorlik qiladi. 

Bunda tomonlar quyidagi keltirilgan yo'nalishdagi vazifalarni amalga oshiradilar:

– O'zbekiston Nogironlar jamiyatining “Biz ahil jamoamiz”, “Para kriketchi nogironligi bo'lgan sportchilar zahirasi bizning oramizda” shiorlari hamda tashabbusini moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash;

– imkoniyati cheklangan yosh avlodni sport bilan shug'ullantirish, sog'lom turmush tarziga amal qilish, manaviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushuntirishni shakllantirish, jismoniy tarbiya va kriket o'yini bilan shug'ullanishni o'quvchi yoshlarning kundalik turmush tarziga singdirish;

– nogironlarni, ayniqsa, qizlarni jismonan baquvvat, barkamol va sog'lom bo'lishiga, chiniqishiga, umumiy ish faoliyatining o'sishiga yordam berish;

– jismoniy tarbiya va kriket o'yinlariga jalb qilish orqali nogironlarni turli sport o'yinlari va jismoniy sog'lomlashtirish mashqlariga qiziqtirish;

– kriket o'yini bilan muntazam shug'ullanayotgan nogiron yoshlarni aniqlab, ular o'rtasida musobaqalar o'tkazish hamda faol ishtirokiga erishish;

– kriket o'yini bo'yicha musobaqalarning tizimli o'tkazilishini yo'lga qo'yish, imkoniyati cheklangan yoshlar orasida iqtidorli kriketchilarni tanlab olish (selekciya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali kriketchilar zahirasining tayyorlanishini takomillashtirish;

– nogironlar orasida respublika birinchiliklari, chempionatlari va kubok  musobaqalari o'tkazish hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ'ibot etish va barcha nogironlarni faol ishtirokiga erishish hamda xalqaro maydondagi o'rnini qaror toptirish hamda kriket sport turini rivojlantirishda tashkilotlarga tegishli bo'lgan muassasalarning sport zallaridan beg'araz foydalanish kabi bir qator vazifalar bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish nazarda tutilgan.  

SHuningdek, memorandumni imzolash jarayonida O'zbekiston nogironlar jamiyati markaziy boshqaruv raisi o'rinbosari Botir Omonturdiev, nogironlar jamiyati huquqshunosi G'olibjon Egamberdiev va kriket federaciyasi vakillari ishtirok etishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing