So’nggi yangiliklar

12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0

13 noy 11:55
Yangiliklar

Tadbirlar

Hududlarda sport turizmini rivojlantirishga kelishib olindi

Teglar :  Ravshan Ermatov
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov mehmonlarni vazirlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining boshliqlari hamda hududlardagi Turizmni rivojlantirish departamentlarining mudirlari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashrif buyurdi.

Bu erda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov mehmonlarni vazirlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. SHundan so'ng Jismoniy tarbiya va sport vazirligining strukturasi va faoliyat yo'nalishi borasida vazir o'rinbosari Nodir Murotov malumot berdi.

Mamlakatimiz sportchilarining 2021 yil Tokioda bo'ladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni, qo'lga kiritilgan licenziyalarimiz soni, oldinda turgan musobaqalar hamda ularda yana qancha atletimiz Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqishi mumkinligi borasida vazirlik boshqarma boshlig'i M.Rahmatxo'jaev hamda bosh mutaxassis A.Nizametdinovlarning hisoboti tinglandi.

O'z navbatida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari vakillariga Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan va yo'llanmalar uchun kurash olib borayotgan sportchilarning ijtimoiy holatini doimiy nazoratga olish, ular shaxsiy muammolariga chalg'imasdan faqat sport haqida o'ylashlarini taminlash bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

SHuningdek, o'zaro muloqot chog'ida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan xodimlarni sog'lom turmush tarziga jalb etish, aholi orasida ommaviy sportni yanada keng targ'ib qilish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan boshqarma boshlig'i o'rinbosari J.Yo'ldoshev malumot berdi.

Tashrif yakunida mehmonlar o'z hududlarida sport turizmini rivojlantirishning istiqbollari borasida o'zaro fikr almashdi va bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligini bilan amaliy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

SHu kuni mehmonlar poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga ham tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad, mehmonlarni O'zbekiston sportchilarining jahon arenalarida qo'lga kiritgan yutuqlari hamda Olimpiya o'yinlari tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat edi. Takidlash kerak, o'zbek sportining shonli tarixi aks etgan eksponatlar mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing