So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

06 jan 08:01
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket federaciyasi nogironligi bor bo'lgan yoshlar bilan ishlashni boshladi

Teglar :  Kriket
O'zbekiston Kriket federaciyasi nogironligi bor bo'lgan yoshlar bilan ishlashni boshladi.

Xabaringiz bor, o'tgan yili O'zbekiston kriket federaciyasi O'zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan birgalikda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kriket sport turini keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviyligini taminlash bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumini imzolashgan edi. Mazkur hamkorlik doirasida kriket federaciyasi tomonidan yangi yilning dastlabki kunlaridanoq xayrli ishlarni boshlab yuborishdi. 


Xususan, kecha 5 yanvar kuni poytaxtimizning CHilonzor tumanidagi 66 - sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda kriket federaciyasi vakillari, murabbiy va sportchilari bir guruh nogironligi bo'lgan yoshlar uchun dastlabki ilk o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

 

Kriket federaciyasi bosh kotibi Jahongir Murodov imkoniyati cheklangan yoshlarni ham kriket sport turiga faol jalb etish orqali jamolarni shakllantirish va  ular o'rtasida musobaqalar  o'tkazish to'g'risida takidlab o'tdi. SHuningdek, kriket bo'yicha sportchilar ishtirokida kriket qoidalarini tushuntirib, amalda o'yin  orqali bajarib ko'rsatishdi. O'quv-mashg'ulotda ishtirok etib jarayonlarni kuzatgan imkoniyati cheklangan yoshlar esa kriket sport turiga qiziqishi ortgani va mashg'ulotlarda ishtirok etish, kriket bo'yicha jamoalar tuzish istagi borligini qayta-qayta takidlashdi. O'z o'rnida federaciyasi vakillari buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni o'zlarining asosiy vazifasi sifatida qabul qilishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing