So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 noy 16:13
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket Qashqadaryo va Samarqandda ham rivojlantiriladi

Teglar :  Kriket
O'zbekiston Kriket federaciyasi tashabbusi hamda O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamkorligida mamlakatimizda kriket sport turini keng rivojlantirish, ushbu sport turi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Ikki bosqichli murabbiylarni (Level-1 Criket Coaching ) tayyorlash maqsadida hamkorlikdagi dastlabki o'quv-yig'in noyabr oyining birinchi o'n kunligida Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilgan bo'lsa, mazkur o'quv-yig'in 10-12 noyabr kunlari Qarshi shahrida davom ettirildi.  

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'tkazilgan o'quv seminarda viloyatdagi sport maktablaridan bir guruh murabbiylar ishtirok etib, yakunda sertifekatlarga ega bo'lishdi.  

Pokistonlik oliy toifali kriket mutaxassisi Tohir Muhammad hamda O'KF raisi Aziz Mixlievlar tomonidan shu yo'sindagi o'quv-seminari Samarqand shahrida ham jismoniy tarbiya va sport murabbiylari ishtirokida amalga oshirildi. 

Birinchi bosqich murabbiylik kursi yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar berildi. O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston Kriket federaciyasining taqvim-rejasidagi navbatdagi o'quv-seminar 21-23 noyabr kunlari Farg'ona viloyatida tashkil etiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing