So’nggi yangiliklar

11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0 10:00Бугун финал! «Реал Мадрид» — «Боруссия» 0 09:39Қудратилло Абдуқаҳҳоров иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 09:17Йўғе?! Чжан Чжилей Уайлдердан 30 кг оғир чиқди! 0 08:45Ролан Гаррос. Карлос Алькарас учинчи даврада ғалабага эришди 0 08:23Майк Тайсон ва Жейк Пол ўртасидаги жанг бошқа муддатга қолдирилди 0 07:59Аббосбек Файзуллаев қайси чемпионатда ўйнаш истаги борлигини маълум қилди 0 07:32Яна битта ғалаба Навбаҳор Ҳамидовадага Олимпиада йўлланмасини тақдим этади 0 20:30Бивол: "Менда Саудия Арабистони билан шартнома бор. Шу ерда жанг қиламан" 0 20:09Япония терма жамоаси юлдузи АПЛга ўтмоқда 0 19:48Пауло Коста рақиби Шон Стрикленд ҳақида яхши фикрлар билдирди 0 19:27Шон Стрикленд Ислам Махачев борасида америкаликларга маслаҳат берди 0 19:06Тим Цзюнинг Ортисга қарши жанги бекор бўлди 0

10 fev 19:52
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston va Tojikiston kriket federaciyalari o'rtasida memorandum imzolandi

Teglar :  Kriket
O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan kriket sport turini keng ko'lamda rivojlantirish borasidagi ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, markaziy Osiyoda kriket bo'yicha hamkorlikni keng yo'lga qo'yishni maqsad qilgan O'zbekiston kriket federaciyasi Tojikiston kriket federaciyasiga taklif yo'llagan edi. Ushbu taklifaga ko'ra, 8 fevral kuni Tojikiston kriket federaciyasi prezidenti Najibullohi Ro'zi Toshkent shahriga etib keldi. Federaciya masullari tomonidan munosib kutib olingan mehmon dastlab O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev hamrohligida  O'KF tomonidan bunyod etilayotgan kriket stadioni bilan yaqindan tanishdi.  

SHuningdek, Najibullohi Ro'zi poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan kriket akademiyasini ham borib ko'rdi va mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga va albatta kriket sport turining tez fursatlarda rivojlanish bosqichiga o'tganligini havas bilan etirof etdi. Bugun 10 fevral kuni esa O'zbekiston  kriket federaciyasida federaciya raisi Aziz Mixliev hamda Tojikiston kriket federaciyasi raisi Najibillohi Ro'zi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Ushbu imzolangan hujjatga ko'ra, endilikda har ikkala mamlakat kriketchilari o'rtasida xalqaro kriket kengashi (ICC) tomonidan tasis etilgan uch bosqichli xalqaro musobaqalarni o'zaro hamkorlikda o'tkazishadi va bu bilan har ikkala federaciyalar xalqaro kriket kengashi (ICC) talablarini bajarib borishgan bo'ladi. Memorandumga muvofiq, joriy yilning may oyida Tojikistonning  kriket bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoalari Toshkentga tashrif buyurishadi va ilk bor  mamlakatimizning kriket bo'yicha terma jamoalari bilan o'zaro bellashishadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing