So’nggi yangiliklar

16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0

28 fev 18:48
Yangiliklar

Tadbirlar

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Badminton bo'yicha viloyat bosqichi yakunlandi

Teglar :  Sportni sevCHirchiq
“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi mazkur musobaqalar mamlaktimiz bo'ylab yuqori saviyada va katta qiziqish bilan o'tkazilmoqda.

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099 – sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi musobaqalariga start berilgan edi.

Ushbu jarayonlarga Toshkent viloyatida ham alohida etibor qaratilgan. Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida badminton bo'yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Milliy olimpiya qo'mitasi Toshkent viloyati bo'limi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida o'tkazilgan mazkur musobaqada viloyat hududiy bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan Angren shahri, Bekobod, Zangiota va Qibray tumanlarining havaskor sportchilari ishtirok etishdi.

Murosasiz va qiziqarli o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, qo'ydagi ishtirokchlar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Yakkalik bahslari (o'g'il bolalar)

1.Ruslan SHoahmedov (Angren sh.)

2.Azizbek Karimberdiev (Bekobod t.)

3. Asadbek Erkaboev (Bekobod t.)

3.Akbar SHarofiddinov (Zangiota t.)

Yakkalik bahslari (qizlar)

1.Anglena Beloeva (Angren sh.)

2.Marina Grecimenko (Zangiota t.)

3.Nafisa Tojiqulova (Bekobod t.)

3.Anastasiya CHepilova (Angren sh.)

Aralash juftlik bahslari

1. Angren sh.

2. Bekobod t.

3. Zangiota t.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Suxrob SULTONOV, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori: 

- Aholi, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va aholi salomatligini mustahkamlash borasida CHirchiq shahrida ham qator tadbirlar, sport musobaqalari yo'lga qo'yilgan. Badminton musobaqasi ham jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini taminlashga, badminton bo'yicha iqtidorlarni saralashga xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing