So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

21 dek 12:31
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo, Parij-2024

23 dekabr kuni Olimpiada yilining eng yaxshilari elon qilinadi

23 dekabr kuni soat 14:30da poytaxtimizdagi Olimpiya va Parlimpiya SHon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" g'obilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Olimpiada yili sifatida tarixga muhrlanayotgan 2024 yilning eng yaxshisi bo'lish uchun nomzodlar keragidan ham ko'p. Parij-2024 Olimpiadasining har bir qahramoni eng yaxshi bo'lishga haqli. Faqat ular orasidan bir nafarigina eng yaxshi deb topiladi. 

Har yilgidek O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda bir nechta nominaciyada g'oliblarni elon qiladi. Lekin qanday yo'l bilan buni amalga oshirishi bizga nomalum. Balki, yopiq ovoz berish yo'li bilan aniqlanar. Agar shunday bo'lgan taqdirda, nomzodlarga kimlar ovoz beradi? Bu endi biz uchun mavhum.  

Taxminimizcha, sakkiz nafar Olimpiada chempionidan biri "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topilsa kerak. Diyora Keldiyorova "Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" bo'lar. Har holda yozgi Olimpiya o'yinlari tarixidagi ilk ayol Olimpiada chempioni. Qolaversa, O'zbekiston dzyudosi tarixida olimpiya o'yinlari chempion bo'lgan ilk sportchi. 

"Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi" ham deyarli aniq bo'lsa kerak. Olimpiadada 8 ta oltindan 5 tasini qo'lga kiritgan bokschilarimizning ustozi bu nomga loyiq ko'rilish ehtimoli juda yuqori. 

Yilning eng yaxshi yosh sportchilari uchun davogarlar ham etarli. Kecha Olimpiya va Paralimpiya SHon-shuhrati muzeyida 2024 yil jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilgan sportchilarni pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi o'tkazilgan edi. Ular orasidan kimdir, balki Olimpiadada yaxshi natija qayd eta olgan eng yosh sportchimiz bu nominaciyada g'olib bo'lar. 

Yilning eng yaxshi federaciyasi bo'lish uchun davogarlar ham etarli. O'zbekiston boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og'ir atletika singari federaciyalardan biri eng yaxshi deb topilsa kerak. Qolgan davogar federaciyalarga ham qandaydir nominaciyalar bo'yicha g'oliblik berilar. 

Xullas, ikki kundan so'ng biz O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshilarini bilib olamiz. Taxmin qilib ko'ringchi, kim Olimpiada yilining eng yaxshilari qatorida "Milliy sport mukofoti-2024"da etirof etiladi?  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston sport delegaciyasi biz uchun tarixiy bo'lib qolgan Parij-2024 Olimpiadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing