So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

14 apr 15:41
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov: "Tokioda o'zbek dzyudosi tarixini yangilamoqchimiz"

Bu haqida MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov dzyudo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumanida aytib o'tdi.

Bugun O'zbekiston MOQda 6-9 aprel kunlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tgan dzyudo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, terma jamoa murabbiylar shtabi, sportchilar va OAV xodimlari qatnashdi.


Ikki qitaning jami 29 davlati dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari to'liq tarkibda yurtimiz sharafini himoya qilishdi. To'rt kunlik bellashuvlar yakunida dzyudochilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etishdi. Etiborga molik jihati shundaki, yakkalik bahslaridagi natija nuqtai nazaridan O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha bo'lgan tarixni yangilashga muvaffaq bo'ldi. Yani, hozirgacha o'tkazilgan qita chempionatlarida dzyudochilarimiz tomonidan 3 ta oltin medal qo'lga kiritilmagan edi.

Tadbir davomida Azizjon Kamilov Bishkek turniri yakuni, Olimpiada rejalari bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi.

“Olimpiada yaqinlashib borar ekan, har bir kun juda muhim. Musobaqalarda maksimal darajada ochkolar yig'ib borishga harakat qilyapmiz. Oldimizda Olimpiadagacha 2 yirik musobaqa: Qozon “Katta dubulg'a” turniri va Budapeshtdagi JCH qoldi. Qozonga asosan yoshlar tarkibini jalb qilishga qaror qildik. Bu bilan ularni Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlab boramiz. So'nggi paytda qizlarimiz ham katta natijalarga erishishmoqda. Tokioga jamoamiz tarixida eng ko'p yo'llanmalar bilan bormoqchimiz. Asosiysi, unda o'zbek dzyudosi tarixini yangilashni maqsad qilib qo'yganmiz”, – dedi MOQ raisi o'rinbosari.


Qayd etish joiz, Osiyo-Okeaniya chempionatiga Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer ham tashrif buyurdi va rasmiylar yaqin rejalar haqida fikr almashishdi. Bu borada Azizjon Kamilov quyidagi gaplarni aytib o'tdi:

“Budapeshtdagi jahon chempionatiga bizdan maxsus ishchi guruh ham boradi va tashkiliy masalalar bo'yicha tajriba orttirib kelishadi. Bishkekdagi chempionat davomida maxsus dzyudo akademiyasining ham ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida janob Marius Vizer endi bizdan ham ana shunday obektlar kutib qolishini aytib o'tdi. SHubhasiz, qo'shni mamlakatimizdagi bunday o'sish bizga ham motivaciya beradi va bu dzyudomizning yanada rivojlanishi uchun turtki bo'ladi”.

Anjuman davomida terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga tayyorgarligi, kutilayotgan licenziyalar va sportchilarning holati bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi. Tadbir yakunida mutasaddilar bugun 39 yoshni qarshi olayotgan Xalqaro toifadagi hakam Ramziddin Saidovni yana bir bor qutlashdi va unga esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbir yakunida MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab o'tdi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing