30 iyu 14:50
Yangiliklar

Navoiyda 200 000 000 so'm mukofot puliga ega “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2022 yil 20 iyundagi qarori ijrosini taminlash maqsadida “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqasiga start berilgandi.
Umumiy mikofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etuvchi “Uzbekistan Judo Tour” turnirida asosiy og'ir vazn toifasi vakillari tatamiga chiqyapti. Ishtirokchilar orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov, shuningdek boshqa taniqli dzyudochilarimizning borligi musobaqaga bo'lgan qiziqishni oshirdi.
Malumot uchun, 2026 yilning yoziga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida ushbu turnirning o'tkazilishi belgilangan. Bugungacha Buxoro va Namangan viloyatlari musobaqaga mezbonlik qildi.
Fikrlar