So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

23 dek 09:23
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Taekvondo, Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari, Parij-2024

Bugun "Milliy sport mukofoti-2024" topshirish marosimi bo'lib o'tadi

Bugun soat 14:30da poytaxtimizdagi Olimpiya va Parlimpiya SHon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" g'obilarini taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Olimpiada yili sifatida tarixga muhrlanayotgan 2024 yilning eng yaxshisi bo'lish uchun nomzodlar keragidan ham ko'p. Parij-2024 Olimpiadasining har bir qahramoni eng yaxshi bo'lishga haqli. Faqat ular orasidan bir nafarigina o'z yo'nalishida eng yaxshi deb topiladi. 

Har yilgidek O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda bir nechta nominaciyada g'oliblarni elon qiladi. Lekin qanday yo'l bilan buni amalga oshirishi bizga nomalum. Balki, yopiq ovoz berish yo'li bilan aniqlanar. Agar shunday bo'lgan taqdirda, nomzodlarga kimlar ovoz beradi? Bunisi ham biz uchun mavhum.  

Taxminimizcha, 22 yoshidayoq ikki karra Olimpiada chempioni bo'lgan taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi", Diyora Keldiyorova esa "Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" deb topilsa kerak. Bu qolgan Olimpiada chempionlariga hurmatni saqlagan holda aytilgan taxmin xolos. 

Rashitov bir necha kun oldin Butunjahon taekvondo federaciyasi (WT) tomonidan 2024 yilning "Eng yaxshi erkak sportchisi" deb elon qilingandi. Diyora Keldiyorova ham Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) tomonidan elon qilingan so'rovnomada "Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi" bo'lish uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Diyora yozgi Olimpiya o'yinlari tarixidagi ilk ayol Olimpiada chempioni, qolaversa, O'zbekiston dzyudosi tarixida olimpiya o'yinlari chempion bo'lgan ilk sportchi ham hisoblanadi. Ana shu omillar Ulug'bek va Diyoraga qo'shimcha ustunlik beradi. 

Xullas, bugun O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshilarini bilib olamiz. Taxmin qilib ko'ringchi, kim Olimpiada yilining eng yaxshilari qatorida "Milliy sport mukofoti-2024"da etirof etiladi?  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston sport delegaciyasi biz uchun tarixiy bo'lib qolgan Parij-2024 Olimpiadasida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing