Boks bo'yicha terma jamoamiz katta murabbiyi Farruh Qilichev Murodjon Ahmadaliev hamda Isroil Madrimovning 8 aprel kunidagi jangi haqida gapirdi.
«Avallo Isroilni raqibi haqida gapirsak. Boksda kuchsiz raqib degan tushuncha yo'q. Jangchi istalgan vaqtda jarohat olib qolishi mumkin. Uni oldindan bilib bo'lmaydi. Isroilning raqibini kuchsiz deyotganlarning o'zi bir marta ringga chiqib ko'rsin. Keyin bilishadi raqibning kuchsizi bo'lmasligini.
Murodjon Ahmadaliev esa bu jangda In SHaa Alloh g'alaba qozonib, kamarini yana bir bor himoya qiladi», - dedi, Qilichev Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.