13 sen 07:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Gap yo'q! Murodjon Ahmadaliev Inoue bilan jang uchun qancha gonorar olishi malum bo'ldi
14 sentyabr kuni bokschimiz Murodjon Ahmadaliev mutlaq chempionlik kamari uchun yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
Salaryleaks malumotiga ko'ra, ushbu jangning umumiy mukofot fondi 20 million dollarni tashkil etadi. Gonorarning 75 foizini Inoue, 25 foizini esa Ahmadaliev oladi.
Yaponiyalik bokschi kafolatlangan 15 million dollarga ega bo'ladi. Bundan tashqari u 4 million dollar atrofida bonus ham oladi.
Murodjon Ahmadaliev esa 5 million dollarga ega bo'ladi. SHuningdek 1 million dollardan ortiq pulni u PPV (pullik translyaciya) orqali olishi mumkin.
SHu tariqa, Murodjon Ahmadaliev ushbu jang uchun 6 million dollar atrofida pul ishlab oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar