12 sen 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning Naoya Inoue bilan jangi O'zbekistonda ko'rsatiladimi?
14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida yirik professional boks turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqaning asosiy bahsi ikkinchi eng engil vazn toifasidagi yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion bo'lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o'rtasida o'tkaziladi.
Telegram'dagi Boxer TV loyihasining yozishicha, Ahmadaliev ishtirokidagi bellashuvni O'zbekiston hududida translyaciya qilish bo'yicha "ZO`R TV" telekanali ish boshlagan. Biroq hozircha translyaciya masalasi haqida rasman xabar berilganicha yo'q.
Ushbu jang 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 16:30dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar