12 sen 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin Madrahimovning Toshkentdagi raqibi o'zgardi. Muhiddin Mamajonov bilan trilogiya ko'ramiz
21 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasi MMA bo'yicha Octagon 79 turnirini qabul qiladi.
Mazkur turnir doirasida engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar bo'lib kelgan hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov taniqli Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimovga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Biroq Liganing malum qilishicha, Madrahimovning raqibi o'zgargan. Fazliddin endilikda o'ziga begona bo'lmagan sportchi — Muhiddin Mamajonov bilan to'qnash keladi. Jang har ikki atlet uchun trilogiya maqomida o'tadi.
Bundan avval o'tkazilgan ikki jangning birida Madrahimov g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchisi durang bilan yakuniga etgandi.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar