09 sen 00:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati: Fazliddin Erkinboev turkiyalik raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi
O'zbekiston terma jamoasining boks bo'yicha 2025 yilgi World Boxing Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
Terma jamoamizning 75 kg vazn toifasidagi vakili Fazliddin Erkinboev musobaqa nimchorak final bosqichidagi jangini o'tkazdi.
Turkiyalik charm qo'lqop ustasi Sultan Osmanliga qarshi bahs to'liq 3 raund davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Erkinboevning 5:0 hisobida g'alabasini rasmiylashtirishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar