05 sen 22:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodovga qarshi jang qilishi kutilgan Fazliddin Madrahimov Toshkentda to'liq jang o'tkazdi
Tojikistonlik aralash yakka kurash ustasi Fazliddin Madrahimov poytaxtimiz mezbonligidagi Octagon 91 turnirida ishtirok etdi.
28 yashar Fazliddin turnir doirasida qozog'istonlik Dmitriy Mixailidi bilan to'qnash keldi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Madrahimov hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra jangda zafar quchdi.
Bu orqali u faoliyatidagi o'n sakkizinchi g'alabasini nishonladi. Aslida, tojikistonlik atlet ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun To'xtamurodov bilan jang qilishi kutilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar