11 sen 01:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin Erkinboev ham JCH yarim finalida jang qiladi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev chorak finalda Belgiya vakili Hamza Sririga qarshi jang qildi.
3 raund to'liq davom etgan to'qnashuvda Fazliddin 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Erkinboev jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga tushirganini ham alohida qayd etishimiz lozim.
Fazliddin bungacha Turkiya vakilini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar