12 sen 10:36
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev mutlaq chempion Naoya Inouega qarshi! Oqshomning to'liq kardi bilan tanishing
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda ushbu vaznda WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion bo'lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o'rtasida kechadi.
Turnir bizning vaqt bilan 14 sentyabr kuni soat tushki 12:30 dan keyin start olishi belgilangan. Asosiy jang esa soat 16:00 dan avval boshlanmasligi kutilmoqda.
Turnirning to'liq kardi quyidagicha:
Markaziy jang. Ikkinchi eng engil vaznda WBA, WBC, WBO, IBF va The Ring kamarlari uchun: Naoya Inoue (Yaponiya, 30-0-0) — MURODJON AHMADALIEV (14-1-0);
Eng engil vaznda WBO kamari uchun: Yoshiki Takei (Yaponiya, 11-0-0) — Kristian Medina (Meksika, 25-4-0);
Minimal vazn toifasidagi jang: Yuni Takada (Yaponiya, 16-8-3) — Ryusey Macumoto (Yaponiya, 6-0-0);
Engil vazn toifasidagi jang: Yuday Murakami (Yaponiya, 6-2-1) — Tayga Imanaga (Yaponiya, 8-0-0);
Ikkinchi yarim engil vazn toifasidagi jang: Ei Go (Yaponiya, 5-0-0) — Syunpey Oxata (Yaponiya, 6-1-0);
Ikkinchi eng engil vazn toifasidagi jang: Tosiki Simomati (Yaponiya, 21-1-3) — Xan Sol Li (Koreya Respublikasi, 9-7-0);
Eng engil vazn toifasidagi jang: Taysey Ayano (Yaponiya, 2-2-0) — Yusuke Nava (Yaponiya, 2-5-0).
Fikrlar