So’nggi yangiliklar

10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0 09:27Сув спорт турлари бўйича Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ бўлди 0 09:06Авлиёхон Ҳамидов Тошкентда жанг қилади, рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 08:45Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди 0 19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0

20 apr 08:28
Yangiliklar

Futbol

Florentino Peres katta bayonot berdi: "Biz futbolni qutqarib qolishni xohlaymiz, "Real" 400 mln evro yo'qotdi. Biz 2024 yilgacha "o'lik" bo'lamiz"

"Real" prezidenti va Evropa Superligasi raisi Florentino Peres Madrid klubining yangi loyiha ishtirokchisi bo'lish qarori haqida gapirdi.

Turnirdan keladigan puldan boshqa daromad bo'lmaganda katta o'yinlarni ko'paytirish istagi paydo bo'ladi va Superliga pandemiya tufayli etkazilgan yo'qotishlarni kamaytirishga yordam beradi. Ko'proq yirik o'yinlarda o'ynash orqali ko'proq pul ishlash imkoniyatini topishimiz kerak.

Hech qanday fitna uyushtirilmadi, Italiya, Angliya va Ispaniyaning yirik klublari hozirgi noqulay vaziyatda biror narsa qilishlari kerak. Birgina "Real"ning o'zi bu mavsumda 400 million evro yo'qotdi.

Bizning hayotimiz rivojlanib borishi bilan futbol ham rivojlanishi kerak. U hayotning mavjud haqiqatlariga moslashishi zarur. Men bu erda ko'p gapirmayman, ammo futbolga bo'lgan qiziqish pasaya boshladi. Auditoriya kamaymoqda, audiovizual huquqlarning ham narxi pasaymoqda.

Futbol - yagona global sport turi. Televidenie o'zgarishi kerak. 16dan 24 yoshgacha bo'lgan insonlar nega ortiq futbolga qiziqish bildirmayotganini tahlil qilish kerak. Ko'p bo'lmagan miqdordagi o'yinlargina boshqa platformalarga qiziqish tufayli etiborni tortmoqda. Biror narsani o'zgartirish kerak.

Xuddi shu narsa o'tgan asrning 50-yillarida sodir bo'lgan. UEFA va FIFA Santyago Bernabeu va Evropa chempionlar Kubogiga qarshi bo'lishgan. O'sha payt u etiborni tortdimi? Kuchli jamoalar o'ynashiga bering. Biz buni futbol manfaati uchun qilamiz.

Ko'rayotganlarning barchasi to'laydi. Aynan shu pul olib keladi. Pul hamma uchun, agar yuqoridagilar pul ishlasa, pul hammaga ketadi, chunki biz futbolchilar xarid qilamiz va bir-birimizga yordam beramiz.

"Sevilya" ham Superligada o'ynashi mumkin. Besh jamoa sport principlari asosida chiqadi. Bu ochiq turnir, yopiq emas. Biz sport principlariga ishonamiz va jamoalar turnirga kirish uchun kurash olib borishadi.

UEFA ham bizni qo'llab-quvvatlashi shart. Agar biz ko'proq ishlasak, bu faqat futbol manfaati uchun bo'ladi. Biz imkon qadar tezroq boshlashni xohlaymiz. FIFA va UEFA bilan barchasini muhokama qilishni rejalashtirganmiz.

UEFA CHempionlar Ligasining yangi formati borasida ishladi, men esa barcha hurmat bilan aytamanki, uni tushunmaganman. Biz futbolni saqlab qolmoqchimiz, futbolni saqlab qolish esa - barchani qutqarish demakdir. Hech kim 200 million evroni yo'qotmaslik uchun kelasi 20 yil tinch o'tsin.

Biz ishlamayotgan modelni o'zgartirmoqchimiz. Hech kim yangi modelni tushunmayaptii, 2024 yilgacha biz "o'lamiz". Klublar millionlab evro yo'qotishadi", - deydi Peres.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing