27 iyu 08:20
Yangiliklar
Futbol

Klublar o'rtasidagi JCH. "Real" va "Al Hilol" keyingi bosqichga yo'l oldi
AQSHda davom etayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining "H" guruhi bahslari yakunlandi.
Turnir favoriti "Real" turning so'nggi uchrashuvida "Zalcburg"ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, Madrid jamoasi 7 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Guruhning ikkinchi bahsida "Al Hilol" "Pachuka"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda saudiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alaba "Al Hilol"ga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etdi.
Nimchorak finalda "Al Hilol" "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. "Real Madrid"ning raqibi esa "Yuventus" bo'ladi.
Havola :
Fikrlar