So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

12 apr 12:35
Yangiliklar

Taekvondo

Intervyu. Aleksandr Kim: "Taekvondochilarimiz iyun oyida uchta nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etishadi"

O'zbekiston taekvondo terma jamoasi murabbiyi Aleksandr Kim Toshkentdagi yig'in va bo'lajak rejalar haqida O'zbekiston taekvondo associaciyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Aleksandr Anatolevich, dastlab Toshkentdagi yig'in haqida malumot bersangiz... 

- 4 apreldan Toshkentda navbatdagi yig'inni boshladik. Barcha sportchilar sog'-salomat va mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. 15 apreldan ushbu yig'in xalqaro yig'in maqomini olishi kutilmoqda. 


- Qanday qilib? 

- Sababi Toshkentga Gruziya va Xitoy Taypei taekvondo terma jamoalari kelishi rejalashtirilgan. Agar kelishuv amalga oshsa, Toshkentda uchta terma jamoa birga xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. 

- Mazkur yig'inda aynan qanday mashg'ulotlarga urg'u berilmoqda?

- Bu yig'inda sportchilarimizning jismoniy holatini ushlab turish maqsadida umumjismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlikka urg'u bermoqdamiz. Yaqinda bo'lib o'tgan xalqaro musobaqada qatnashgan taekvondochilarning kamchiliklarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 


- Taekvondochilarimiz oldida turgan navbatdagi musobaqalar qaysi? 

- Terma jamoamiz iyun oyida uchta xalqaro musobaqada ishtirok etishi kutilmoqda. Gran Pri 1-seriyasida Olimpiya reytingidagi eng kuchli 32 nafar sportchi ishtirok etadi. Ushbu musobaqa 3-5 iyun kunlari Italiyaning Rim shahrida bo'lib o'tadi. 27 iyun kuni Xitoyda Butunjahon Universiada bahslari boshlanadi. 24-27 iyun kunlari Janubiy Koreyada taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi.


O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing