So’nggi yangiliklar

19:26Анкалаев навбатдаги рақиби ҳақида гапирди, у Перейра ёки Прохазка эмас 0 19:05Формула-1. Австрия Гран-приси ғолиблиги Ландо Норрисга насиб этди 0 18:39Адесанья, Гастелум ва бошқалар UFC Шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:18GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди 0 17:53Дана Уайт Том Аспиналлнинг навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 17:25Lift Promotions Тошкентдаги проф бокс оқшоми кардини эълон қилди. Марказий жангда мағлубиятсиз ҳамюртимиз иштирок этади 0 17:03Курашчиларимиз Туркиядаги "Яшар Догу" мусобақасини 5 та медаль билан якунлашди 0 16:40Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди 0 16:19UFC 317 турнири иштирокчилари жанглар орқали қанча гонорар ишлаб олгани маълум 0 15:58Абдулрашид Садулаев: "Дана Уайт билан гаплашдим" 0 15:35Топурия – учинчи камар ҳақида: "UFC'га бу ҳақда гапирмасликни ваъда қилганман" 0 15:13Шомуродовнинг жамоадоши Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади 0 14:50Навоийда 200 000 000 сўм мукофот пулига эга “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бўлиб ўтмоқда 0 14:24Шоҳжаҳон Эргашев Бачков билан жанг қилмайди 0 14:02Дана Уайт Гэтжининг чемпионлик жанги истагига муносабат билдирди 0

18 apr 20:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimovga uy sovg'a qilindi

Teglar :  Isroil Madrimov
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bokschilarimiz bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda -75 kg vazn toifasidagi istedodli bokschimiz, Osiyo chempioni, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi Isroil Madrimov hamda Osiyo chempioni, WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadalievlar ishtirok etdi.

Taniqli bokschilarimizning Olmaliq shahriga tashrifi sport muxlislarini nihoyatda xursand qildi. Xususan, shahar hokimligining faollar zalida sport ixlosmandlari bo'lgan yoshlar bilan o'tkazilgan ushbu uchrashuv jahon chempionlarini ham xursand qildi. Unda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan chempionlarga murojaat qilishdi va atroflicha javob olishdi.

Tadbir yakunida Olmaliq shahar hokimligi tomonidan Toshkent viloyati vakili Isroil Madrimovga shaharda yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylardan 3 xonali uy sovg'a qilindi va tegishli sertifikat taqdim etildi.

SHubha yo'qki, bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida sportga mehr uyg'otadi va ular orasidan ertaga Osiyo va Jahon chempionlari, Olimpiya o'yinlari g'oliblari ham etishib chiqadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
19 apr 11:47:06
Zulmatni Tarketib
Murodjon gachi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing