So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

10 apr 13:49
Yangiliklar

Dzyudo

Jizzaxda ixtisoslashtirilgan dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOGALEREYA

Teglar :  DzyudoJizzax
Prezident SHavkat Mirziyoevning hududlarga tashrifi chog'ida engil konstrukciyali (sendvich-panelli) sport inshootlarini qurish bo'yicha ko'rsatma berilgan edi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Xalq talimi vazirligi hamkorligida boshlangan bu xayrli ishlar ana shu islohotlarning amaldagi ifodasi bo'lmoqda. 

Kecha Jizzax shahridagi 14-umumtalim maktabi hududida bunyod etilgan ana shunday engil konstrukciyali dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bayramona ruhda o'tgan tadbirda O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov hamda maktab joylashgan mahalla faollari hozir bo'lishdi. Marosimning kirish qismida ramziy manodagi lenta kesilib, dzyudo zali kaliti o'z egalariga topshirildi. 

"Ushbu loyiha doirasida Respublika bo'ylab har bir viloyatda zamonaviy ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari bunyod etilmoqda. Loyihaga ko'ra, Respublikamizning aholi eng zich joylashgan hududlaridagi 14 ta maktabda 28 000 o'quvchi va 70 000 nafar bolalarni sport to'garaklariga jalb qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bizning asosiy maqsadimiz – joylarda sog'lom turmush tarzini yanada shakllantirish, bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dzyudoga bo'lgan mehrini maktab yoshidanoq uyg'otishni taminlashdan iborat", - dedi A. Kamilov.

Dzyudo zali qisqa fursatda bunyod etilgan bo'lib, barcha zamon talablariga to'liq javob beradi. Zalga to'shalgan tatamida bemalol nufuzli xalqaro turnirlarni o'tkazish mumkin. Zal hajmi 30 metrga 18 metrni tashkil qiladi. Balandligi - 10 metr.

Maktab o'quvchilari hamda dzyudo sport turi vakillarining ko'rgazmali chiqishlari tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi. Yil oxirigacha qolgan viloyatlarda ham ayni paytda qurilish davom etayotgan dzyudo zallari bolajonlarga sovg'a qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing