So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

12 apr 16:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev raqibining o'zgargani, ukasining nokdaunga tushib qolgani va keyingi jang haqida gapirdi + VIDEO

Teglar :  Nursulton Ro'ziboev
Nursulton Ro'ziboev Toshkentga qaytib keldi.

Bir necha kun avval Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan WEF Global turnirida g'alaba qozongan aka-uka Ro'ziboevlar hamda Kamoliddin Mamajonov bugun erta tongda Toshkentga qaytib keldi. Olamsport.com sayti ijodkorlari jangchilarni kutib olish jarayonida ishtirok etdi hamda ular bilan qisqa intervyular uyushtirdi. Quyida Nursulton Ro'ziboevning o'zgargan raqibi, nokdaunga tushib qolgan ukasi va keyingi jang haqidagi fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.

«Avvaliga braziliyalik Souz Silvaga qarshi oktagonga chiqishim kerak edi. Lekin u kela olmaganligi sababli jangdan 3-4 kun avval raqib o'zgardi. Pavel Basatskiyning janglarini ko'rib chiqdik. O'zimizga qulay bo'lganligi uchun bu raqibni qabul qildik.

Ukamning nokdaun holatiga tushib qolganligi? Bu juda tez sodir bo'ldi. Mashrabjon «stoyka»da ishlayotgan edi. Kurashga kir deb ko'rsatma bergunimizcha zarba o'tkazib yubordi. Lekin tezda o'ziga kelib oldi. O'sha vaqtda nimani his qilganimni hozir tasvirlab berolmayman. SHogirdlarimiz oktagonga chiqib kaltak esa, qanchalik kuyinamiz...Bu ukamiz, bunday vaziyatda aka uchun juda qiyin bo'ladi.

Raqib tasdiqlanib, jang kuni yaqinlashgunga qadar bemalol bo'lasiz. Biroq o'sha kuni ukangizni urushtirgingiz ham kelmay qoladi. Bir-ikki marta kuchli raqib bilan jang qildirib adashdik. Endi, In SHaa Alloh, tayyorgarlikni kuchaytirib o'zi bilan teng darajali raqibga qarshi qo'yamiz.

Boksda yana jang qilamanmi? O'zi Ramazon oyida jang qilish niyatim yo'q edi. Lekin belgilab qo'yilgani uchun majbur bo'ldim. Keyingi jangim Ramazon oyidan keyin bo'ladi. Agar bu o'xshamasa, 3-4 oy o'quv-yig'in mashg'uloti uchun boshqa joyga ketishim kerak», - dedi «Black» Ro'ziboev.


Sarvinoz Raxmonqulova va Botir Tursunboev tayyorladi


Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing